Avto

Volvo XC70 PHEV avtomobili oldindan savdoga chiqdi

Narxi $42 ming
Volvo XC70 avtomobili
Volvo XC70 avtomobili oldindan savdoga chiqdi / Foto: CarNewsChina

Volvo Xitoyda yig‘ilgan yangi Volvo XC70 avtomobilini oldindan savdoga chiqardi. Model brendning yangi SMA (Scalable Modular Architecture) platformasida ishlab chiqilgan. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

Yangi XC70 yetti xil rangda taqdim etiladi: oq, qora, ikki xil kulrang, jigarrang, ko‘k va yashil. Old qismda 41 ta LED’dan iborat Thor’s Hammer kunduzgi chiroqlari joylashgan. Orqa qismda esa Volvo’ning boshqacha uslubdagi stop-chiroqlari saqlangan. Avtomobil o‘lchamlari 4815×1890×1650 mm, g‘ildirak bazasi esa 2895 mmni tashkil etadi.

Foto: Wiebo

Model 1.5T benzinli dvigatel va P1+P2+P4 elektr motorlaridan tashkil topgan gibrid tizim bilan jihozlangan.

Volvo XC70 PHEV’ning gibrid tizimi 1,5 litrli benzinli dvigatel va uchta elektr motoridan iborat. Dvigatel maksimal 120 kW (161 ot kuchi) quvvat ishlab chiqaradi va 255 Nm aylanish momentiga ega. Elektr motorlari esa mos ravishda 60 kW (80 ot kuchi), 107 kW (143 ot kuchi) va 156 kW (209 ot kuchi) quvvatni ta’minlaydi. Ushbu kuch birligi 3DHT transmissiya orqali boshqariladi.

Foto: CarNewsChina
Foto: CarNewsChina

Mashina 24 sensorli ADAS tizimi bilan ta’minlangan bo‘lib, 0 dan 150 km/soat tezlik oralig‘ida NOA (Navigation on Autopilot) funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, avtomatik to‘xtash yordamchisi mavjud.

Narxlar:

VersiyaNarx (yuan)Narx (USD)
Ikki g‘ildirakli uzun masofali versiya300 ming$41,9 ming
To‘rt g‘ildirakli ultra-uzoq masofali330 ming$46,1 ming

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Yangi Volvo XC70 avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.