Xiaomi’ning qaysi qurilmalari HyperOS 3 tizimi bilan birinchi yangilanadi

28-avgust 2025 11:49 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
HyperOS 3
Xiaomi’ning qaysi qurilmalari HyperOS 3 bilan birinchi ta’minlanadi / Foto: Xiaomi time

Xiaomi 29-avgustdan boshlab yangi HyperOS 3 operatsion tizimining ochiq beta-versiyasini tarqatishni boshlaydi. Kompaniya allaqachon birinchi bo‘lib yangilanish oladigan qurilmalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Dastlabki to‘lqinda yangilanishni quyidagi sakkizta model oladi:

  • Xiaomi Pad 7S Pro 12.5;
  • Xiaomi Pad 7 Pro;
  • Xiaomi 15 Ultra;
  • Xiaomi 15 Pro;
  • Xiaomi 15;
  • Xiaomi 15S Pro;
  • Redmi K80 Pro;
  • Redmi K80 Ultra.

Ro‘yxat, asosan, flagman smartfonlar va eng yangi planshetlardan iborat. Xiaomi avval hamisha yuqori sinf qurilmalarni yangilaydi, keyin o‘rta toifadagi modellarga, eng oxirida esa budjet segmentiga tarqatadi.

Demak, birinchi bo‘lib beta-versiyani olgan qurilmalar keyinchalik yakuniy HyperOS 3 versiyasini ham birinchilardan bo‘lib qabul qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan HyperOS 3 tizimi 28-avgust kuni taqdim etilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek