«Yevroosiyo Banki» litsenziyasi bekor qilindi

«Yevroosiyo Banki» AJdan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olindi. Bu haqda Markaziy bank qarori qabul qilindi.
Bu qarorga sabab, bank tomonidan ustav kapitali miqdorining qonunchilikda belgilangan eng kam talabga muvofiqlashtirilmaganligi, shuningdek, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarning bajarilmaganligi qayd etildi.
Shuningdek, amaldagi qonunlarga muvofiq, bankni majburiy tugatish va tugatish komissiyasini tayinlash bo‘yicha ham qaror qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, 2023-yilning aprel oyida prezident banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini bosqichma-bosqich oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. O‘sha yilning sentabridan bu 200 mlrd so‘mni, 2025-yildan esa 500 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
«Yevroosiyo Banki» faoliyati haqida
2023-yilda Qozog‘iston «Yevroosiyo Banki» O‘zbekistonda sho‘ba korxonasini ochish uchun dastlabki ruxsat olgan. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy bankining sobiq boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov 4-may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida «Kursiv» savoliga javob bergandi.
«Ha, «Yevroosiyo Banki»dan shunday murojaat bo‘ldi, ijobiy xulosa berib, sho‘ba bank ochishga ruxsat berdik», degan edi Nurmatov.
Shuningdek, bankning boshqaruvi raisi Lyazzat Satiyeva «Kursiv»ga bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 2022-yil dekabr oyi oxirida sho‘ba korxonasini ochish uchun dastlabki ruxsatnoma olish uchun murojaat etganini ma’lum qilgan.
Keyin 2024-yilning yanvar oyida Markaziy bank tomonidan bankka litsenziya berildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shodiyevning «Yevroosiyo Banki» atrofidagi ishi bo‘yicha birinchi sud majlisi belgilangani haqida yozgandi.