Afg‘onistondagi kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 800 dan oshdi

eʼlon qilindi
2,8 mingdan ortiq fuqaro turli jarohatlar olgan
Foto: Reuters

31-avgust kuni Afg‘onistonda sodir bo‘lgan 6,0 magnitudali zilzila oqibatida qariyb 800 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Shuningdek, yana 2,8 mingdan ortiq fuqaro turli jarohatlar olgan.

Seysmik hodisa 31-avgust kuni 23:47 da Jalolobod shahri yaqinida, Pokiston chegarasidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda qayd etilgan. Zilzila tog‘li va olis hududlarda sodir bo‘lgani bois, qurbonlar va jarohatlanganlar soni ortmoqda.

Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, ko‘plab odamlar vayronalar ostida qolgan. Shu sababli aniq raqamlarni olish uchun vaqt kerak bo‘ladi.

Hozirda mamlakatda yirik qutqaruv operatsiyasi boshlangan. Voqea joyiga yuzlab mutaxassislar yuborilgan bo‘lib, ular vayronalarni tozalash va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatishmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 30-iyul kuni Kamchatkada 8,7 magnitudali zilzila yuz bergani haqida yozgandi.

Shuningdek