
Chendu shahridagi Geely kompaniyasi yangi o‘rta sinf avtomobili Geely Galaxy Star 6 modelini 5-sentabr kuni rasman taqdim etishini e’lon qildi. Bu haqda Autohome nashri xabar berdi.

Mazkur model Geely’ning yangi dizayn uslubida yaratilgan bo‘lib, katta radiator panjarasi va yangilangan faralari bilan ajralib turadi. Tashqi ko‘rinishi Mercedes-Benz avtomobillarini eslatsa-da, Galaxy Star 6 premium segmentga emas, balki arzonroq bozor segmentiga mo‘ljallangan. U asosan BYD Qin L kabi gibrid sedanlar bilan raqobat qilishi kutilmoqda.

Yangi model 17 kVt·soat sig‘imga ega tortuvchi akkumulyator bilan jihozlanadi. Elektrda yurish masofasi 125 kilometrni tashkil etadi. Gibrid tizim asosida 1,5 litrli, 111 ot kuchiga ega benzinli dvigatel o‘rnatilgan.

Avtomobilning gabaritlari: uzunligi — 4806 mm, kengligi — 1886 mm, balandligi — 1490 mm, g‘ildirak bazasi esa 2756 mm etib belgilangan.
Shu tariqa Geely Galaxy Star 6 kompaniyaning yangi avlod gibrid sedanlari orasida arzon narx va zamonaviy dizayni bilan ajralib turishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yangilangan Geely Preface taqdim etilgani haqida yozgandi.