Ichki perevod natijalari e’lon qilindi
eʼlon qilindi
transfer.edu.uz orqali bilish mumkin

2025/2026-o‘quv yili uchun talabalarning ichki o‘qishini ko‘chirish va ko‘chirib tiklash jarayonlari yakunlandi. Bu haqda Oliy ta’lim vazirligi xabar berdi.
Unga ko‘ra, transfer.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalari tomonidan to‘liq ko‘rib chiqilib, yakuniy xulosalar shakllantirildi.
Natijalarga ko‘ra, talabalar o‘z murojaatlarining holatini transfer.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetlari orqali bilib olishlari mumkin. O‘qishi ko‘chirishga tavsiya etilgan talabalar esa qabul qiluvchi oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari lozim.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan magistratura qabul natijalari e’lon qilingani haqida yozgandi.