Kuzning ilk kunida qanday ob-havo kuzatiladi
eʼlon qilindi
Yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun, 1-sentabr kuni O‘zbekiston hududida havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar berdi.
Respublika bo‘yicha shamol asosan sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi hududlarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda esa shamol tezligi 20–23 m/s gacha yetib, chang-to‘zonlarni keltirib chiqarishi ehtimoli bor. Harorat ko‘rsatkichlari 30–35 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Kunduzi harorat 31–33 darajagacha ko‘tariladi.
Tog‘li hududlarda ham havo biroz bulutli va yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 9–14 m/s tezlikda esadi. Kunduzi harorat 23–28 daraja bo‘lishi kutilmoqda.