«Open budjet»ning 2-mavsumida 2,3 mingdan ziyod loyihalar g‘olib bo‘ldi

«Ochiq budjet» portalida 2025-yilgi «Tashabbusli budjet» jarayonining ikkinchi mavsum g‘oliblari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Bu safargi ovoz berishda butun respublika bo‘yicha 11 milliondan ortiq fuqaro ishtirok etdi. Natijada umumiy qiymati 3,2 trillion so‘mlik 2 332 ta loyiha g‘olib deb topildi.
G‘olib loyihalar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: openbudget.uz
«Open budjet» ikkinchi mavsumi qanday o‘tdi
22-avgust kuni dasturining ikkinchi mavsumi doirasida ovoz berish jarayoni start oldi. Unga ko‘ra, fuqarolar 31-avgust soat 23:59 gacha o‘z hududi uchun muhim deb bilgan loyihalarga ovoz berishlari mumkin edi.
Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi «Tashabbusli budjet» jarayonida majburiy ovoz to‘plagan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatilishi haqida ogohlantirdi.
Shu bilan birga loyihaga ovoz berish bahonasida fuqarolarning bank kartalaridan mablag‘ o‘g‘irlash holatlari kuzatilgani aytildi.
Oltinko‘l tumanida esa ovoz berish bosqichi 29-avgustdan boshlangandi.