O‘zbekistonga ananas importi ikki baravarga oshdi

eʼlon qilindi
4,6 ming tonna ananas olib kirildi
Foto: Pexels

2025-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga qiymati $1,6 mln bo‘lgan 4,6 ming tonna ananas olib kirildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Mazkur hajm 2024-yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki barobar — 2,2 ming tonnaga ko‘p.

Import qilingan ananaslarning katta qismi Xitoydan yetkazib berildi — 4,5 ming tonna. Shuningdek, O‘zbekistonga Qozog‘istondan 92 tonna, Niderlandiyadan 16 tonna, Meksikadan 5 tonna, boshqa davlatlardan esa 3 tonna ananas kirib keldi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekistonga eng ko‘p xurmo Erondan yetkazib berilayotgani haqida yozgandi.

Ma’lum qilinishicha, import hajmining qiymati $9 millionni tashkil etgan. Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 ming tonnaga oshgan.

Shuningdek