Toshkent – Riga qatnovi yo‘lovchilariga yangi tartib joriy qilindi
eʼlon qilindi
48 soat oldin yo‘lovchilar eta.gov.lv saytida elektron deklaratsiya shaklini to‘ldirishlari shart

2025-yil 1-sentabrdan boshlab Latviya vizasi yoki vaqtincha yashash huquqiga (VNJ) ega bo‘lmagan uchinchi davlat fuqarolari (Yevropa Ittifoqi, NATO, YOII, OECD, Shveytsariya va Braziliyadan tashqari mamlakatlar fuqarolari) uchun yangi tartib joriy qilindi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar berdi.
Endilikda Latviya hududiga kirishdan kamida 48 soat oldin yo‘lovchilar eta.gov.lv saytida elektron deklaratsiya shaklini to‘ldirishlari shart.
Shaklni to‘ldirmagan yo‘lovchilar quyidagi oqibatlarga duch kelishlari mumkin:
- mamlakatga kirishga ruxsat berilmaydi;
- 2000 yevrogacha jarima qo‘llanadi;
- kelajakdagi sayohatlarda cheklovlar o‘rnatiladi.
Elektron ariza to‘ldirilgach, tasdiqnoma yo‘lovchining elektron pochtasiga yuboriladi.
Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston fuqarolariga 25-sentabrdan Iordaniyaga vizasiz rejim joriy etilishi haqida yozgandi.