Toshkentda Mustaqillik bayrami munosabati bilan ayrim yo‘llar yopiladi

eʼlon qilindi
17:00 dan 23:00 gacha
ko'cha ta'miri
Foto: Rambler

Bugun, 1-sentabr, Davlat mustaqilligining 34 yilligi uchun «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida katta bayram tadbiri o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim yo‘llar yopiladi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Shu sababli soat 17:00 dan 23:00 gacha Mahtumquli — Ohangaron shoh ko‘chasi kesishmasidan boshlab «Yangi O‘zbekiston» — 4R12 yo‘li kesishmasigacha, shuningdek, Cho‘lpon ko‘chasidan «Yangi O‘zbekiston» — Milliy bog‘ ko‘chasi kesishmasigacha hamda «Yangi O‘zbekiston» — Temirchi ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan yo‘nalishlarda transport qatnovi yopiladi.

Video: Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi yerosti avtomobil yo‘li ochilgani haqida yozgandi.

Shuningdek