Toyota Corolla 2026 savdosi boshlandi — narxi 24 ming dollar

1-sentabr 2025 16:39 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Toyota

Toyota Motor kompaniyasi AQSh bozorida yangilangan Corolla Hatchback 2026 modelini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri xabar berdi.

Bu avtomobilning barcha komplektatsiyalari endilikda Toyota Safety Sense 3.0 xavfsizlik tizimlari majmuasi bilan ta’minlangan bo‘lib, ishlab chiqaruvchi yangi model orqali hamyonbop narxda yuqori darajadagi xavfsizlik va qulaylikni taklif qilmoqda. Narxlar $24 180 dan boshlanadi.

Foto: Toyota

Corolla Hatchback 2026 uch xil komplektatsiyada taqdim etildi: SE, XSE va maxsus FX Edition. Tashqi dizaynda katta o‘zgarishlar kuzatilmagan, biroq XSE versiyasi old bamperiga LED tuman chiroqlari va 16 dan 18 dyuymgacha bo‘lgan yangi disklar bilan boyitilgan. FX Edition esa qora rangli orqa spoyler va 18 dyuymli oq disklar bilan o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ldi.

Avtomobilning ichki qismi ham yangilandi. SE versiyasi haydovchi o‘rindig‘ining olti yo‘nalishda sozlanish imkoniyatini taqdim etsa, XSE versiyasida elektr boshqaruvli va isitish funksiyasiga ega o‘rindiq o‘rnatildi. FX Edition esa eng qulay variant sifatida haydovchi o‘rindig‘ining o‘n yo‘nalishda sozlanishi, yo‘lovchi o‘rindig‘ining isitilishi, sport uslubidagi qizil bezakli o‘rindiqlar va 7 dyuymli raqamli asboblar paneli bilan jihozlandi.

Foto: Toyota

Multimedia imkoniyatlari ham kengaytirildi. Bazaviy modelda 8 dyuymli sensorli ekran va olti dinamikli audio tizim mavjud. XSE xaridorlari esa qo‘shimcha to‘lov evaziga JBL kompaniyasining sakkiz dinamikli audio tizimidan foydalanishlari mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kia kompaniyasi yangilangan Kia Stonic 2026 ni taqdim etgani haqida yozgandi.

Shuningdek