Gadjetlar

Xiaomi 16 seriyasi sentabr oyida taqdim etiladi

25-sentabr kuni taqdim etishi kutilmoqda
Xiaomi 16 Pro
Foto: Xiaomi Time

Xiaomi kompaniyasi yangi flagman smartfonlari — Xiaomi 16 seriyasini 25-sentabr kuni taqdim etishi kutilmoqda. Bu haqda Weibo blogida Digital Chat Station xabar berdi.

Yangi liniya uchta modelni o‘z ichiga oladi: Xiaomi 16, Xiaomi 16 Pro va Xiaomi 16 Pro Mini. Qurilmalar 3C sertifikatidan o‘tgan bo‘lib, ularning barchasi 100 Vt quvvatli tezkor simli zaryadlash funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Xususiyatlari:

  • Xiaomi 16 va Pro Mini — 6,3 dyuymli displey.
  • Pro Max — 6,8 dyuymli displey.
  • Barcha modellar — Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 5 chipi.
  • Operatsion tizim — Hyper OS 3 barqaror versiyasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qualcomm Snapdragon 8 Elite Gen 5’ni 23-sentabrda, MediaTek esa Dimensity 9500’ni 22-sentabrda taqdim etadi.

Shuningdek, oktabr oyida boshqa yirik brendlarning ham yangi flagmanlari kutilyapti. Jumladan, Vivo X300 va Find X9 (Dimensity 9500 bilan), shuningdek, Honor Magic 8, OnePlus 15, iQOO 15 va Realme GT 8 (Snapdragon 8 Elite Gen 5 bilan) taqdim qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qanday qilib telefon kamerasi bilan professional kadrlar olish mumkinligi haqida yozgandi.