165 dollarlik Vivo Y500 smartfoni taqdim etildi

2-sentabr 2025 12:37 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Vivo Y500
165 dollarlik Vivo Y500 taqdim etildi / Foto: Weibo

Vivo Y500 smartfoni rasmiy ravishda taqdim etildi. Bu haqda ITHome xabar bermoqda.

Smartfon 8200 mA/soat sig‘imli batareyaga ega. Qurilma 90 vatt quvvatli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi va ekstremal sharoitlarda sinovdan o‘tkazilgan. Smartfon −20 °C haroratda 16,7 soat video ko‘rsatadi, 35 °C da 13 soat uzluksiz efir bera oladi, 40 °C issiqda esa 22 soat ishlaydi. Batarеyaning xizmat muddati rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra 6 yilni tashkil etadi.

Foto: Weibo

Kompaniya qurilmani yuqori va past haroratlarga, shuningdek, sho‘r tuman muhitiga sinovdan o‘tkazgan. Vivo Y500 maksimal IP69 himoya darajasiga ega bo‘lib, suv va changdan to‘liq himoyalangan.

Smartfon 6,77 dyuymli ekran, MediaTek Dimensity 7300 protsessori, 8 MP old kamera va 50 MP asosiy kameraga ega.

Narxlar quyidagicha:

Xotira hajmiNarx
8/128 GB$165
8/256 GB$190
12/256 GB$215
12/512 GB$240

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Vivo Y500 smartfoni haqida muhim ma’lumotlarni oshkor qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek