7000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega Oppo A6 GT 5G smartfoni taqdim etildi

2-sentabr 2025 13:09 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Oppo
Foto: Oppo

Oppo Xitoyda yangi Oppo A6 GT 5G smartfonini taqdim etdi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Smartfon 7000 mA/soat sig‘imli batareyaga ega. Model avvalgi A6 Max 5G’ning rebrenidng versiyasi bo‘lib, yanada ko‘p konfiguratsiyada va uch xil rangda sotuvga chiqdi.

Smartfon 6,8 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan, uning o‘lchamlari 2800×1280 piksel, yangilanish chastotasi 120 Hz, sensor tezligi esa 240 Hzni tashkil qiladi. Ekran yorqinligi 1600 nitgacha yetadi. Qurilmada ekran osti barmoq izi skaneri va sun’iy intellekt asosida yuzni tanish tizimi mavjud.

Oppo A6 GT 5G Snapdragon 7 Gen 3 protsessorida ishlaydi. Operativ xotira turi LPDDR4X, doimiy xotira esa UFS 3.1. Qurilma Android 15 va ColorOS interfeysi bilan ta’minlangan.

U 80 vatt tezkor quvvatlanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Kamera tizimiga 50 MP asosiy modul (OIS bilan), 2 MP yordamchi sensor va 32 MP old kamera kiradi, old kamera 4K video yozishni ham qo‘llaydi.

Narxlari quyidagicha:

Xotira hajmiNarx
8 GB + 256 GB$240
12 GB + 512 GB$300

Qurilmada ikki SIM, NFC, Bluetooth 5.3, Wi-Fi 6 va USB-C mavjud. O‘lchamlari 163,13 × 77,58 × 7,7/7,86 mm.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Redmi K90 Pro smartfoni haqida ma’lumotlar oshkor qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek