Banklardagi mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi yana pasaydi

eʼlon qilindi
Mikroqarzlar bo‘yicha 35,9%, avtokreditlarda esa 23,7%
Bank
Foto: Traffic News

1-sentabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida amal qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning so‘nggi 10 ish kuni bo‘yicha foiz stavkalari e’lon qilindi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 0,2 foizga pasayib, 35,9 foizni tashkil etmoqda. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 24,1 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 23,1 foizni ko‘rsatmoqda.

19-avgust holatiga ko‘ra, mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi 36,1 foizni tashkil etgandi.

Eng yuqori foiz stavkasi quyidagi banklarda qayd etilgan:

  • «TBC bank» – 42,1%;
  • «Anor bank» – 41,1%;
  • «Tenge bank» – 39,8%;
  • «Ipoteka bank» – 36,9%;
  • «Davr bank» – 36,5%.
Foto: Markaziy bank

Eng past mikroqarz foiz stavkalari quyidagi banklarda:

  • «Aloqabank» – 22,9%;
  • «Turon bank» – 25,8%;
  • «OFB» – 25,9%;
  • «NBU» – 26,1%;
  • «Trast bank» – 26,1%.

Avtokreditlar

Avtomobil xaridi uchun ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha esa o‘rtacha yillik foiz stavkasi 23,7 foizga tushgan. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan kreditlarning (mikroqarzlardan tashqari) o‘rtacha foiz stavkasi 24,1 foizni, yuridik shaxslar ulushi esa 23,1 foizni ko‘rsatmoqda.

19-avgust holatiga ko‘ra, avtokreditlarning o‘rtacha foiz stavkasi 23,8 foizni tashkil etgandi.

Eng past avtokredit stavkalari quyidagi banklarda kuzatilmoqda:

  • «Garant bank» – 19%;
  • «Ipoteka bank» – 20,2%;
  • «OFB» –21,8%;
  • «Xalq banki» – 22,8%;
  • «Asaka bank» –22,8%.
Foto: Markaziy bank

Eng yuqori avtokredit stavkasi:

  • «Infinbank» – 28%;
  • «Hamkor bank» – 27,9%;
  • «Madad Invest bank» –27,9%;
  • «Asisa Alliance bank» – 27,5%;
  • «Mkbank» – 27,1%.

Markaziy bank izohiga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqaruvchilar yoki dilerlar bilan hamkorlik asosida beriladigan kreditlarda foiz stavkalari pastroq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avtokreditlar bo‘yicha stavkalar avtomobil turi, yoshi, boshlang‘ich badal miqdori va boshqa shartlarga qarab farq qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 18-avgustda ham banklardagi mikroqarzlarning o‘rtacha foiz stavkasi kamaygani haqida yozgandi.

Shuningdek