Avto

BMW Vision CE elektromotosikl konseptini taqdim etdi — foto

bmw
Vision CE toza elektr dvigatel bilan ishlaydi
BMW Vision CE
BMW Vision CE konsept elektromotosikli taqdim etildi / Foto: BMW

BMW Group 1-sentabr kuni Vision CE nomli elektromotosikl konseptini namoyish etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Modelning asosiy o‘ziga xosligi ramkaga birlashtirilgan metall naychali himoya karkasi va besh nuqtali xavfsizlik kamari. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, bu tizim ag‘darilish yoki yiqilish holatida haydovchini samarali himoya qilib, shlem va maxsus kiyimga ehtiyojni bartaraf etadi.

Karkas ichki tomoniga maxsus yumshatuvchi ko‘pik qatlami qo‘shilgan. Bu esa zarba kuchini yengillashtiradi va xavfsizlikni yanada mustahkamlaydi.

Foto: BMW

Dizayn va texnologiyalar

Vision CE dizayni bundan 25 yil avval taqdim etilgan BMW C1 kontseptsiyasidan ilhomlangan, ammo zamonaviy materiallar va texnologiyalar yordamida yengillashtirilgan. Uzoq g‘ildirak bazasi, keng old qismi va old tomonga joylashtirilgan oyoq panjasi haydovchiga qulay o‘tirish imkonini beradi.

Motosikl o‘zini muvozanatga keltiruvchi tizim bilan jihozlangan. Bu esa unga deyarli avtomobil darajasida barqarorlik beradi va uni tirband shaharlarda qatnov uchun qulay qiladi.

Foto: BMW

Quvvat va ekologiya

Vision CE toza elektr dvigatel bilan ishlaydi. Nolinchi emissiyali tizim nafaqat ekologik foydali, balki shahar ichida qulay va sokin harakatlanish imkonini ham beradi.

BMW’ning maqsadi

Kompaniya bu konsept orqali kundalik shahar qatnovini yangi bosqichga olib chiqishni ko‘zlamoqda. An’anaviy himoya vositalaridan voz kechish orqali haydovchi atrof-muhitni yanada yaqinroq his qilishi, shu bilan birga xavfsizlikdan voz kechmasligi ta’kidlanmoqda.

Foto: BMW

Avvalroq Kursiv Uzbekistan BMW Neue Klasse uchun yangi elektr dvigatellari ishlab chiqarishni boshlagani haqida xabar bergan edi.