CAFA 2025: O‘zbekiston — Turkmanistonni 2:1 hisobida mag‘lub etdi

eʼlon qilindi
Bu orqali guruhda yetakchi o‘rinni egalladi
CAFA 2025: O‘zbekiston — Turkmanistonni 2:1 hisobida mag‘lub etdi / Foto: O‘FA

CAFA Nations Cup – 2025 musobaqasining «A» guruhi 2-turida O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentdagi «Olimpiya» stadionida Turkmanistonga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Foto: O‘FA

Uchrashuvda «Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeyev 37-daqiqada hisobni ochib, 44-daqiqada penaltidan ikkinchi golni urdi. Mehmonlar safida Didar Durdiyev 84-daqiqada penaltidan gol urdi. 59-daqiqada Farruh Sayfiev qo‘pollik uchun qizil kartochka olib maydondan chetlatildi.

Foto: O‘FA

Mazkur natijadan so‘ng O‘zbekiston 4 ochko to‘plab, guruhda Ummon bilan birinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi. So‘nggi turda (5-sentabr kuni) O‘zbekiston Qirg‘iziston bilan, Ummon esa Turkmaniston bilan to‘qnash keladi. G‘alabani yirik hisobda qo‘lga kiritgan jamoa final yo‘llanmasiga ega bo‘ladi.

Foto: O‘FA

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston ilk o‘yinda O‘mon bilan durang o‘ynagan edi.

Shuningdek