Chevrolet Captiva va Equinox elektromobillari: qaysi biri dizayn bo‘yicha chiroyliroq

2-sentabr 2025 15:48 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Captiva va Chevrolet Equinox elektromobillari
Chevrolet Captiva va Chevrolet Equinox elektromobillari: qaysi biri chiroyliroq / Foto: GMAutority

Chevrolet global elektromobil strategiyasini kengaytirishda davom etmoqda. Kompaniya turli segmentlarga mo‘ljallangan modellari qatoriga arzonroq krossoverlarni ham qo‘shmoqda. GMAutority nashri tomonidan Chevrolet Captiva va Chevrolet Equinox elektromobillari taqqoslandi.

Captiva EV

Captiva EV asosan Janubiy Amerika, Meksika va Yaqin Sharq uchun mo‘ljallangan. Model GM, SAIC va Wuling hamkorligida ishlab chiqilgan Wuling Starlight S platformasiga asoslangan.

Foto: GMAutority

Dizayni keskin chiziqlar bilan ajralib turadi. Old qismida ingichka LED kunduzgi chiroqlar va burchakli faralar joylashgan. Radiator panjarasi minimal ko‘rinishda. Yon profilda keskin yelka chizig‘i va ikki rangli tom dizayni avtomobilga zamonaviy ko‘rinish beradi. Orqa qismda esa keskin burchakli LED fonarlar va haykaldek ishlangan konturlar avtomobilga o‘ziga xoslik qo‘shadi.

Equinox EV

Equinox EV GM’ning BEV3 platformasida yaratilgan va kompaniyaning Shimoliy Amerika bozoridagi asosiy elektr modellaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, ayrim Janubiy Amerika davlatlarida ham sotuvda.

Foto: GMAutority

Ushbu modelning old qismi yanada sof va gorizontal chiziqlarga asoslangan. Radiator panjarasi umuman yo‘q, uning o‘rnini fasad bo‘ylab cho‘zilgan LED yorug‘lik chizig‘i egallagan. Yon va orqa dizaynda esa yumaloq chiziqlar va silliq shakllar ko‘p. Orqa qismda to‘liq kenglikdagi LED fonarlar va soddalashtirilgan bagaj eshigi avtomobilga nafislik beradi. Shuningdek, qora disklar va ikki rangli tom kabi opsiyalar xaridorga individual ko‘rinish yaratish imkonini beradi.

Chevrolet Captiva EV keskin va burchakli dizayni bilan ajralib turadi. Equinox EV esa nafis va sof chiziqlarga asoslangan. Har ikkisi ham turli bozor va auditoriyaga mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Chevrolet Damas o‘rnini qaysi avtomobil egallashi mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek