Farg‘onada yirik korrupsion holat fosh etildi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Farg‘onada yirik korrupsion holat fosh etildi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Farg‘ona viloyatida fuqaro tadbirkordan dorixona qurish uchun shifoxona hududidan yer ajratib berishini va’da qilib, yirik miqdordagi pora olgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Departamentning Bag‘dod tumani bo‘limi hamda IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlanishicha, fuqaro «B.F.» korxonasi rahbariga ishonch hosil qilib, yer maydoni tayyor bo‘lgani va hujjatlar rasmiylashtirilishi uchun yana $3 ming talab qilgan. U soxta da’volari ortidan $1,5 ming olgan vaqtida dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28 va 211-moddalari (pora berish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chegaradan 19 kg noqonuniy tilla olib o‘tgan Farg‘ona tumanida yashovchi ikki fuqaro qo‘lga olingan edi.

Shuningdek