Gadjetlar

iPhone uchun noodatiy g‘ilof taqdim etildi

U termopoliuretan materialidan tayyorlangan
iPhone
iPhone uchun noodatiy g‘ilof taqdim etildi / Foto: Design Taxi

Crocs kompaniyasi Seul brendi SLBS bilan hamkorlikda klassik sabo poyabzali dizaynidan ilhomlangan noodatiy iPhone g‘ilofini taqdim etdi. Bu haqda Design Taxi xabar bermoqda.

Termopoliuretan materialidan tayyorlangan g‘ilof Crocs’ga xos shamollatish teshiklari bilan ajralib turadi.

Foto: Instagram

Avval bunday g‘ilof faqat Samsung Galaxy S25 Ultra uchun ishlab chiqarilgan edi. Endi esa u iPhone foydalanuvchilari uchun ham moslashtirildi. G‘ilof yumshoq tuzilishga ega bo‘lib, smartfonni tushib ketishdan himoya qiladi va sozlanadigan modulli kamar bilan taqdim etiladi.

Foydalanuvchilar turli rang variantlarini tanlashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan iPhone 17 Air smartfoni qanday xususiyatlarga ega bo‘lishi haqida yozgan edi.