Kechga nima ovqat: turkcha Beyti kebab qanday tayyorlanadi

2-sentabr 2025 18:06 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Foto: Vkus.eda.dostavka

Turk oshxonasi nafaqat o‘zining shirinliklari balki, xilma-xil taomlari bilan ham mashhur. Ayniqsa ushbu taomlarning tayyorlanish usullari noodatiyligi bilan ajralib turadi.

Kursiv Uzbekistan bugungi taomnomada turk oshxonasining qadimiy ovqatlaridan Beyti kebab qanday tayyorlanishini o‘rgatadi.

MahsulotMiqdori
Mol go‘shtidan qiyma400 g
Lavash xamiri2 dona
Piyoz1 bosh
Petrushka yoki kashnich1 bog‘
Sarimsoq1 dona
Pomidor pastasi1 osh qoshiq
Pishloq100 g
Smetana100 g
Pomidor1 dona
Suv100 ml
Tuz va qora murchTa’bga ko‘ra

Tayyorlash bosqichlari: qiyma tayyorlash

Piyoz va ko‘katlarni (kashnich yoki petrushka) mayda to‘g‘rab oling. Sarimsoqni ham maydalang. Barchasini qiyma ustiga solib, tuz va murch qo‘shing

Kabob yasash

Qiyma aralashmasidan kabob yasab, yog‘och cho‘pchalarga terib chiqing. 170 darajada qizdirilgan pechda 30 daqiqa davomida pishiring.

Pomidorli qayla tayyorlash

Pomidorni qirg‘ichdan chiqaring va qozonchaga soling. Pomidor pastasi va suv qo‘shib, o‘rtacha olovda 5–7 daqiqa qaynatib, biroz quyultiring.

Kabobni lavashga o‘rash

Pishgan kaboblarni cho‘pchalardan ajrating va lavashga o‘rab chiqing. So‘ngra 2–3 sm qalinlikda kesib, pech patnisiga terib chiqing.

Qayta pishirish

Ustidan tayyor pomidorli qaylani quying, maydalangan pishloqni sepib, yana 5 daqiqaga pechga qo‘ying.

Dasturxonga tortish

Beyti kebabni smetana va pomidorli qayla bilan issiq holda dasturxonga torting.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qozon kabob qanday tayyorlanishi haqida yozgandi.

Shuningdek