Yangiliklar

Shimoliy Koreya yetakchisi zirhli poyezdda Xitoyga tashrif buyurdi

Harbiy paradda ishtirok etish uchun
Kim Chen In zirhli poyezdda Xitoyga bordi / Foto: AP

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In maxsus zirhli poyezdda Xitoyga tashrif buyurdi. Xitoy xalqining yapon bosqinchilariga qarshi urushi hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan marosimda qatnashadi.

Shimoliy Koreya matbuoti xabariga ko‘ra, Kim Chen In Si Szinpin, Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda boshqa davlat rahbarlari bilan bir qatorda harbiy paradda ishtirok etadi. Paradda Xitoy armiyasining yangi qurollari va texnologiyalari namoyish qilinadi.

Xitoyga tashrifi arafasida Kim Chen In Pxenyanda qit’alararo ballistik raketalar uchun mo‘ljallangan yangi dvigatellar ishlab chiqilayotgan laboratoriyani ko‘zdan kechirdi. Shimoliy Koreya matbuotiga ko‘ra, mazkur dvigatellar kelajakdagi «Xvason-19» va «Xvason-20» raketa tizimlarida qo‘llanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Pxenyan Xitoy rahbari Si Szinpinga yangi global xavfsizlik va iqtisodiy tartib o‘rnatish tashabbusida qo‘llab-quvvatlov bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Rossiyada halok bo‘lgan askarlar oilalariga go‘zal hayot va’da qilgani haqida yozgan edik.