Yangiliklar

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi

3 ta bitim, 11 ta kelishuv
Foto: Prezident matbuot xizmati

Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra quyidagi bitimlarga kelishildi:

  • «O‘zbekiston – 2030» strategiyasi va «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusini o‘zaro bog‘lash bo‘yicha hamkorlik dasturi;
  • Madaniyat markazlarini o‘zaro ta’sis etish to‘g‘risida bitim;
  • Tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida bitim.

Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlar ham imzolandi:

  • O‘zbekistonga zemsnaryadlar (texnik kema) berish loyihasining ikkinchi bosqichini loyihalashtirish bo‘yicha;
  • texnik-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida;
  • muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • O‘zbekistondan Xitoyga qovun va bodom eksport qilishda fitosanitariya talablari to‘g‘risida;
  • kosmik fanlar, texnologiyalar va kosmik faoliyat natijalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanishda hamkorlik qilish to‘g‘risida;
  • raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • inson resurslarini rivojlantirish sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;
  • raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha;
  • Samarqand viloyati va Tyanszin shahri o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida;
  • O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoy Xalqaro savdoga ko‘maklashish kengashi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida.

Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi qanday o‘tmoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Xitoyga jo‘nab ketdi.

31-avgust kuni davlat rahbari rafiqasi bilan birga Tyanszin shahridagi «Meyszyan» kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida qatnashdi.

1-sentabr kuni esa prezident Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashi majlisida va ShHT plus formatidagi yig‘ilishda nutq so‘zladi.

Mirziyoyev boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi.