Pekinda Mirziyoyev va Putin uchrashdi

eʼlon qilindi
Bir qancha muhim masalalar muhokama qilindi
Pekinda Mirziyoyev va Putin uchrashdi / Foto: President.uz

Pekin shahrida Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, suhbat avvalida Rossiya yetakchisi davlatimiz rahbari va xalqimizni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

Tomonlar O‘zbekiston – Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma sanoat loyihalari va hududlararo aloqalarni jadallashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Foto: President.uz

Madaniyat, ta’lim, fan va san’at sohalaridagi hamkorlik ijobiy baholandi. Shuningdek, xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Xitoyning yetakchi energetika va yadro kompaniyalari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilgan edi.

Shuningdek