Gadjetlar

Redmi K90 Pro smartfoni haqida ma’lumotlar oshkor qilindi

Smartfon OLED texnologiyasidagi 2K ekran bilan jihozlanadi
Redmi
Redmi K90 Pro smartfoni haqida ma’lumotlar oshkor qilindi / Foto: Redmi

Redmi K90 Pro smartfonining asosiy xususiyatlari oshkor qilindi. Bu haqda Gizmochina nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon OLED texnologiyasidagi 2K ekran, 7000 mA·soat sig‘imli batareya va 100 vatt quvvatli tezkor zaryadlash funksiyasi bilan jihozlanadi.

K90 Pro’da yangilangan kamera tizimi va takomillashtirilgan audio tizim bo‘lishi aytilmoqda. Shuningdek, u Qualcomm’ning yangi avlod Snapdragon 8 Elite Gen 5 bilan ta’minlanadi.

Qurilmada 50 vatt quvvatli simsiz zaryadlash va ultratovushli ekranosti barmoq izi skaneri ham bo‘lishi kutilmoqda.

K90 Pro Xitoy bozorida taqdim etiladi, global versiyasi esa Poco F8 Ultra nomi ostida sotuvga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Xiaomi 29-avgustdan boshlab yangi HyperOS 3 operatsion tizimining ochiq beta-versiyasini tarqatishni boshlagani haqida yozgan edi.