Suriya 14 yildan so‘ng ilk bor neft eksport qildi

eʼlon qilindi
Mamlakat energetika vazirligiga tayanib
Neft narxi oshdi
Suriya 14 yildan so‘ng ilk bor neft eksport qildi / Foto: Pexels.com

Suriya Tartus portidan 600 ming barrel og‘ir xom neftni B Serve Energy kompaniyasiga eksport qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu 14 yil ichida amalga oshirilgan ilk rasmiy neft eksporti hisoblanadi.

2010-yilda mamlakat kuniga 380 ming barrel neft eksport qilgan bo‘lsa, keyinchalik boshlangan urush va sanksiyalar iqtisodiyotni izdan chiqargan edi. O‘tgan yil dekabrida Bashar al-Asad hokimiyatdan chetlatilgach, yangi hukumat iqtisodiyotni tiklashga kirishdi.

AQSh sanksiyalarining bekor qilinishi Suriyaga xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish imkonini berdi. Shu jumladan, mamlakat DP World bilan $800 mlnlik anglashuv memorandumini imzolab, Tartus portida yangi terminal qurilishini boshlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya poytaxti Damashqdagi Mar Elias yunon pravoslav cherkovida terrorchining o‘zini portlatishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edik.

Shuningdek