Eng yaxshi smartfonlar reytingi yangilandi

3-sentabr 2025 13:32 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Eng yaxshi smartfonlar
Eng yaxshi smartfonlar reytingi / Rasm ChatGPT yordamida sayqallangan / Manba: India Today

Bugun smartfon tanlashda foydalanuvchilar uning texnik imkoniyatlari, kamerasi, xotirasiga alohida e’tibor qaratadi. Tom’s Guide texnologiyalar nashri 2025-yilning eng yaxshi smarfonlari reytingini yangiladi.

Samsung Galaxy S25 Ultra

Foto: Fmobile.kz

Galaxy S25 Ultra dizayn jihatidan katta farq qilmaydi. Asosiy e’tibor Galaxy SI imkoniyatlariga qaratilgan. SI yordamida bir nechta ilovalar bilan bir vaqtning o‘zida ishlash mumkin. Masalan, tadbir sanasini topib, uni kalendarga qo‘shib, do‘stga SMS yuborish imkoniyati mavjud. Telefon foydalanuvchi odatlarini o‘rganib, Now Brief ekranida kerakli ma’lumotlarni ko‘rsatadi. Asosiy xususiyatlari: 6,9 dyuym OLED ekran, Snapdragon 8 Elite chipi, 12 GB RAM, 200 MP kamera. Batareya 17 soat 14 daqiqa ishlaydi.

iPhone 16 Pro Max

Foto: Ochiq manbalar

iPhone 16 Pro Max Galaxy S25 Ultra’dan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi. SI imkoniyatlari 2026-yilda to‘liq ishga tushadi. Hozircha Apple Intelligence faqat beta holatda mavjud, lekin yangilangan kameralar va tezkor chip foydalanuvchini quvontiradi. Ekran 6,9 dyuym OLED bilan jihozlangan. Protsessor A18 Pro, asosiy kamera 48 MPni tashkil etadi.

Batareya 17 soat 35 daqiqa ishlaydi. Bu iPhone tarixidagi eng yaxshi natija. Qurilmaning kamchiligi sekin zaryadlash tizimidadir. Ammo MagSafe endi 25 Vt quvvatni qo‘llab-quvvatlaydi.

Google Pixel 9a

Foto: Phone Arena

Pixel 9a yangi dizayn oldi, kamera moduli korpus bilan deyarli tekis ishlangan. Chip — Tensor G4, ekran 6,3 dyuym OLED, RAM 8 GB. Kamerasi 48 MP asosiy va 13 MP ultra keng modulga ega. Imkoniyatlari: tungi rejim, makro rejim va astrofotografiya. Batareya 13 soat 8 daqiqa ishlaydi, bu Pixel 8a’dan yaxshiroq.

Google Pixel 10 Pro

Foto: Forbes

Google sun’iy intellektga eng katta e’tibor qaratmoqda. Tensor G5 chipi bilan Pixel 10 Pro SI bo‘yicha eng kuchlilaridan biri. Telefon 6,3 dyuym OLED ekranga ega, RAM hajmi 16 GB. Kameralari: 50 MP asosiy, 48 MP keng, 48 MP telefoto va 42 MP old kamera. Batareya 13 soat 43 daqiqa ishlaydi. Google Pixel 10 Pro XL versiyasi ham bor, unda ekran kattaroq va batareya sig‘imi yuqori.

OnePlus 13

2025-yilning eng yaxshi smarfonlari qaysilar / Foto: Mediapark

OnePlus 13 Samsung Galaxy S25 Ultra’dan oldin eng kuchli Android sifatida tanlandi. Telefon 6,82 dyuym OLED ekran, Snapdragon 8 Elite chipi bilan jihozlangan. Kameralari: 50 MP asosiy, 50 MP keng, 50 MP telefoto. Batareyasi 6000 mA/soat, natijada sinovda 19 soat 45 daqiqa ishladi. Bu ko‘rsatkich o‘rtacha smartfonlardan deyarli 10 soatga ko‘p. Zaryadlash tezligi 80 Vt, atigi yarim soatda 92 foizgacha quvvatlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng yaxshi hamyonbop Samsung smartfonlari haqida yozgan edi.

Shuningdek