Gadjetlar

21 200 mA/soat batareyaga ega Ulefone Armor 29 Pro smartfoni taqdim etildi

Qurilma ikkita versiyada chiqadi
Ulefone Armor 29 Pro
21 200 mA/soat batareyaga ega Ulefone Armor 29 Pro smartfoni taqdim etildi / Foto: Ulefoni

21 200 mA/soat batareya va 120 Vt quvvatlashga ega Ulefone Armor 29 Pro smartfoni taqdim etildi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Qurilma ikkita versiyada chiqadi: oddiy va Thermal Version. Ikkinchisida 640×512 pikselli, 50 Hz chastotali va ±2 °S aniqlikka ega termovizor mavjud. Asosiy kamera 50 MP, tungi ko‘rish uchun esa 64 MP sensor ishlatiladi.

Foto: Ulefone

Smartfon MediaTek Dimensity 7400 protsessori, 16 GB tezkor va 512 GB doimiy xotira bilan jihozlangan. Armor 29 Pro‘da ikkita ekran bor. Asosiy 6,67 dyuymli AMOLED (Full HD+, 120 Hz, yorqinligi 2200 nit) va kamera blokida joylashgan 1,04 dyuymli qo‘shimcha AMOLED displeyga ega.

Batareya sig‘imi 21 200 mA·soatni tashkil etadi va 10 Vt teskari quvvatlash qo‘llab-quvvatlanadi. Qurilma IP68/IP69K himoya standartlari va MIL-STD-810H harbiy talablarga mos keladi. Qurilma Android 15 operatsion tizimida ishlaydi.

Foto: Ulefone

Wi-Fi 6E, NFC, 570 diodli kuchli fonar, dasturlashtiriladigan yon tugma, IR-uzatuvchi va naushniklar uchun 3,5 mm port mavjud. Modelning narxlari hozircha e’lon qilinmagan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy Z Fold7 smartfonida muammolar yuzaga kelgani haqida yozgan edi.