
Avatr kompaniyasi 2026-yilgi Avatr 07 avtomobili uchun oldindan buyurtmalar 4-sentabrdan boshlanishini e’lon qildi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.
Rasmiy tafsilotlar ochiqlanmagan, biroq kompaniya tarqatgan posterlarda avtomobil Huawei ADS 4 aqlli haydash tizimi bilan jihozlanishi aytilmoqda. Yangi Avatr 07 dizayn jihatidan avvalgi modelga o‘xshash bo‘lsa-da, asosiy yangiliklar konfiguratsiya va texnologik imkoniyatlarda bo‘lishi kutilmoqda.

Avatr 07 ilk bor 2024-yil Chengdu avtosalonida taqdim etilgan edi. Model to‘liq elektr (EV) va kengaytirilgan diapazonli elektr (EREV) versiyalarida ishlab chiqariladi. U Changan, Huawei va CATL hamkorligida yaratilgan CHN strategiyasi mahsuli hisoblanadi.
Hozirgi Avatr 07 versiyasi 650 km va 610 km masofali toza elektr yurish imkoniyatiga ega. Kengaytirilgan diapazonli modelda esa 1.5T benzin dvigateli va elektr motorlar kombinatsiyasi qo‘llangan. Ikki g‘ildirakli versiyada 231 kVt quvvatli motor, to‘rt g‘ildiraklida esa old va orqa motorlar umumiy 362 kVt quvvat beradi.

Batareya sig‘imi 39 kVt/soat bo‘lib, EREV versiyalarida 220–230 km elektr rejimida yurish imkoniyatini ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Tesla Model YL avtomobili Xitoy bozorida savdoga chiqqani haqida yozgan edi.