BMW vodorodli yangi motorini taqdim etdi

3-sentabr 2025 10:42 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
BMW
BMW vodorodli yangi motorini taqdim etdi / Foto: BMW

BMW Toyota bilan hamkorlikda ishlab chiqqan uchinchi avlod vodorodli motorini namoyish qildi. Bu haqda kompaniyaning o‘zi ma’lum qildi.

Yangi tizim 2028-yilda ommaviy ishlab chiqariladi, ammo Myunxen va Shtayrdagi markazlarda prototiplar allaqachon yig‘ila boshlandi.

BMW vakili Yoaxim Postning ta’kidlashicha, bu kompaniya tarixida birinchi seriyali vodorodli motor bo‘lib, u yuqori samaradorlikka ega va nol chiqindilar bilan ishlaydi.

Foto: BMW

Uchinchi avlod tizimi oldingiga qaraganda 25 foizga ixchamroq, quvvati oshirilgan, yonilg‘i sarfi kamaytirilgan va zapas yurish masofasi ko‘paygan. Yangi motor kelajakdagi avtomobil arxitekturalariga oson integratsiya qilinishi mumkinligi bilan ham ajralib turadi.

Hozircha BMW prototiplarni ishlab chiqarish jarayonini sinovdan o‘tkazmoqda va ularni avtomobillarda ham keng ko‘lamda test qilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan BMW Vision CE elektromotosikl konseptini taqdim etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek