Bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash tartibi tasdiqlandi

eʼlon qilindi
Qayta ishlash taqiqlangan tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi
Bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash tartibi tasdiqlandi. Foto: News.ru

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan «Bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimi to‘g‘risidagi nizom va qayta ishlash taqiqlangan tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko‘ra, qayta ishlash ta’qiqlanganlar qatoriga uran, boshqa radioaktiv moddalar, kaolin va kvars qumi kiritilgan.

Yangi tartibga ko‘ra:

  • import qilinadigan tovarlarni bevosita ishlab chiqarish obyektiga olib ketish mumkin;
  • «bojxona hududida qayta ishlash» rejimida tayyorlangan mahsulotlar keyingi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yana chuqurroq qayta ishlanishi mumkin;
  • mahalliy qayta ishlovchi chetdan xomashyo olib, mahsulotni qayta ishlab, uni boshqa mahalliy qayta ishlovchiga hisob-faktura asosida sotish huquqiga ega bo‘ldi.

Shuningdek, O‘zbekiston hududiga olib kirilgan va yaroqsiz holatga kelib qolgan mahsulotlarni yo‘q qilish hamda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimida rasmiylashtirilganda, ular umidsiz qarzdorlik sifatida tan olinadi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish jarayoni «E-kontrakt» tashqi savdo axborot tizimi orqali faqat elektron shaklda amalga oshiriladi. Yaroqsiz mahsulotlarni yo‘q qilish yuzasidan xulosalar «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi orqali raqamlashtirilgan holda taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Tajen — Dovut-ota» chegara o‘tkazish punkti orqali jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar, avtobuslar va vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk mashinalari harakati bo‘yicha cheklovlar shu yilning 31-dekabrigacha uzaytirildi

Ushbu cheklovlar shu yilning 1-fevralidan joriy etilgan bo‘lib, ularning uzaytirilishiga punkt hududida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek