ChatGPT foydalanuvchilari nosozliklarga duch keldi

ChatGPT foydalanuvchilari chat-bot ularning savollariga javob bermayotganidan shikoyat qildi, deb xabar bermoqda onlayn xizmatlar holatini kuzatib boruvchi Downdetector sayti.
Muammo taxminan ertalab soat 9:00 da (Toshkent vaqti bilan 13:00 atrofida) boshlangan. Hindistondagi 515 dan ortiq foydalanuvchi muammolar haqida xabar berib, uzilish butun dunyo bo‘ylab ko‘plab foydalanuvchilarga ta’sir qilayotganini ta’kidlagan.
Express nashriga ko‘ra, kompaniyaning hozirda API, ChatGPT, Sora va Playground kabi xizmatlari uchun «muammolarni boshdan kechirmoqda». Bu so‘nggi bir necha oy ichida bir qator uzilishlardan so‘ng sodir bo‘ldi.
Dekabr oyida butun dunyo bo‘ylab xato xabarlari paydo bo‘la boshlaganidan so‘ng foydalanuvchilar xizmatdan foydalana olmadi. OpenAI funksionallikni tiklash uchun tezkorlik bilan ishladi. Ikki hafta o‘tgach, global uzilish tufayli ChatGPT va uning API’si yana oflayn rejimga o‘tdi. Kompaniya uzilishni Microsoft infratuzilmasi bilan bog‘liq deb hisoblangan.
Bundan avval OpenAI va Sem Altman ChatGPT sabab o‘smirning o‘z joniga qasd qilishi ortidan sudga berilgandi. Da’voga ko‘ra, ChatGPT o‘smir bilan oylar davomida suhbatlashib, xavfli usullar haqida batafsil ma’lumot bergan va hatto xayrlashuv xatini yozishda yordam taklif qilgan.
Ota-onalar kompaniyani xavfsizlikdan ko‘ra foydani ustun qo‘yganlikda ayblamoqda. Da’vo OpenAI’ni nohaq o‘lim uchun javobgarlikka tortish, foydalanuvchilar yoshini tekshirish va psixologik xavflar haqida ogohlantirish tizimlarini joriy etishga majburlashni ko‘zlaydi.
OpenAI esa chuqur hamdardlik bildirgan holda ChatGPT’da xavfsizlik choralarini kuchaytirish, ota-onalar nazorati va inqirozda yordam tarmoqlarini yaratish ustida ishlayotganini ma’lum qilgan.