2025-yilning kuzida sotib olishga arziydigan beshta ixcham planshet

3-sentabr 2025 16:40 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
ixcham planshet
5 ta eng yaxshi ixcham planshet / Foto: Palach

2025-yilning kuzida sotib olishga arziydigan 5 ta ixcham planshet. Kursiv Uzbekistan Palach nashriga tayanib, eng yaxshi ixcham planshetlarni bir maqolaga to‘pladi.

Foto: Palach

Samsung Galaxy Tab A9

Samsung’ning eng ommabop seriyasidan bo‘lgan Tab A9 ixchamligi va qulayligi bilan ajralib turadi. 8,7 dyuymli TFT HD ekranga ega bo‘lib, MediaTek Helio G99 protsessori bilan jihozlangan. 5100 mA/soat batareyasi 14 soat davomida video ko‘rish imkonini beradi. MicroSD sloti, 3,5 mm minijack va stereo dinamiklari ham mavjud. Arzon, biroq ishonchli variant.

Foto: Honor

Honor Pad X7 (2025)

Honor yangi Pad X7 modeli bilan o‘zini yana ko‘rsatdi. 8,7 dyuymli 90 Hz IPS ekran, Snapdragon 680 chipi va 7020 mA/soat sig‘imli batareya qurilmaning asosiy ustunliklari. 12 soatlik avtonom ishlash muddati, stereo ovoz va microSD kartani qo‘llashi uni mazmunli tanlovga aylantiradi.

Foto: Xiaomi

Xiaomi Redmi Pad SE 8.7′

Xiaomi’ning «xalq plansheti» deb atalishi bejiz emas. 90 Hz IPS displey, MediaTek Helio G85 chipi va 25 soatgacha video ko‘rish imkonini beruvchi batareya bilan jihozlangan. IP53 himoyasi, 3,5 mm minijack va IR-port bilan to‘liq funksional yechim. O‘rtacha narxda maksimal imkoniyatlar.

Foto: Palach

Lenovo Legion Y700 4th Gen

Geymerlar uchun haqiqiy topilma. 8,8 dyuymli 165 Hz IPS 3K ekran, Snapdragon 8 Elite chipi va 12 GB tezkor xotira bilan keladi. JBL stereo dinamiklari, 68 Vt tezkor quvvatlash va ikki USB-C porti bilan professional darajadagi planshet. Foydalanuvchilarga yuqori darajadagi o‘yin tajribasini taqdim etadi.

Foto: Palach

Apple iPad mini (2024)

Apple ekotizimi foydalanuvchilari uchun eng yaxshi ixcham planshet. 8,3 dyuymli Liquid Retina displey, A17 Pro chipi va 10 soatgacha ishlash muddati bilan ajralib turadi. 293 gramm og‘irlikdagi ixchamligi va stylus qo‘llovi uni ko‘plab foydalanuvchilar uchun ideal yechimga aylantiradi. Kamchiligi esa 60 Hz ekran chastotasi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan qanday qilib telefon kamerasi bilan professional kadrlar olish mumkinligi haqida yozgan edi.

Shuningdek