Huawei Mate 70 Pro haqida siz bilmagan haqiqatlar

3-sentabr 2025 12:11 eʼlon qilindi

Ahmad Muhammadov

Ahmad Muhammadov

Muxbir a.muhammadov@kursiv.media
Huawei Mate 70 Pro
Huawei Mate 70 Pro haqida siz bilmagan haqiqatlar / Foto: Palach

Huawei Mate 70 Pro haqida ko‘pchilik bilmasligi mumkin, lekin bu model bugungi kunda bozordagi eng kuchli kamerafonlardan biri hisoblanadi. Kursiv Uzbekistan Palach nashriga tayanib, qiziqarli ma’lumotlarni to‘pladi.

Ekran va dizayn

Smartfon 6,9 dyuymli 120 Hz LTPO OLED displey bilan jihozlangan. 1,5K o‘lchamdagi ekran 1 milliard rangni ko‘rsatadi va 2500 nit yorqinlikka ega. Shu sababli quyoshli ob-havoda ham video tomosha qilish yoki o‘yin o‘ynash qulay.

Ishlash tezligi

Qurilma HiSilicon Kirin 9020 chipida ishlaydi. Bu protsessor og‘ir grafik talab qiladigan o‘yinlar uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsa-da, oddiy dasturlar va kundalik vazifalarda tezkor ishlaydi.

Huawei Mate 70 Pro
Huawei Mate 70 Pro haqida siz bilmagan haqiqatlar / Foto: Palach

Kamera imkoniyatlari

Mate 70 Pro’ning asosiy ustunligi — kameralar. Unda 13 MP old kamera va 50+48+40 MP uchta orqa modul mavjud. Ikki sensor optik stabilizatsiya bilan jihozlangan, teleobyektiv esa 3,5x optik zumni taqdim etadi. Huawei XMAGE algoritmlari yordamida suratlar deyarli barcha sharoitlarda sifatli chiqadi.

Avtonomiya va zaryadlash

Qurilma 5500 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan keladi. 100 vattli tezkor zaryadlash va 80 vattli simsiz zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa flegmanga mustahkam avtonomiya beradi.

Qo‘shimcha xususiyatlar

  • IP69 suv va changdan himoya;
  • NFC moduli;
  • IR port;
  • Stereodinamiklar.

Kamchiliklar

Asosiy minus — Google servislarining yo‘qligi. Biroq AppGallery do‘konidan GSpace dasturini yuklab olib, xizmatlarni o‘rnatish mumkin.

Alternativalar

  • kuchli ishlashni xohlovchilar uchun OnePlus 13;
  • kichikroq korpusni afzal ko‘radiganlar uchun Samsung Galaxy S25.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Huawei Aito M8 elektromobili taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek