iPhone 17 Pro Max smartfonining videosi tarqaldi

3-sentabr 2025 14:47 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
iPhone 17 Pro Max
iPhone 17 Pro Max videosi tarqaldi / Foto: You Tube

Weibo platformasida iPhone 17 Pro Max smartfonining videosi tarqaldi. Smartfon do‘kon peshtaxtasida suratga olingan.

Yangi dizayn oldingi ma’lumotlarga to‘liq mos. Qurilma orqa panelining deyarli to‘liq kengligini egallagan katta kamera blokiga ega. Bu yechim katta sensor va linzalarni o‘rnatish imkonini beradi. Shunga o‘xshash yechim Galaxy S26 Ultra’da ham qo‘llanishi kutilmoqda.

Video: Weibo

Yangi iPhone’larda yaxshilangan antennalar bo‘lishi aytilmoqda. Bu 5G, LTE, Wi-Fi va Bluetooth ulanishini barqaror va tez qiladi.

Apple rasmiy taqdimotni 9-sentabr kuni o‘tkazishini allaqachon e’lon qilgan. Shu kuni iPhone 17 seriyasining to‘liq imkoniyatlari tanishtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan eng yaxshi smartfonlar reytingi yangilangani haqida yozgan edi.

Shuningdek