Jerar Depardye jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib sudga tortiladi

eʼlon qilindi
Depardye barcha ayblovlarni rad etmoqda
Jerar Depardye jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib sudga tortiladi / Foto: Le Parisien

Fransuz kinosining mashhur aktyori Jerar Depardye 2018-yilda aktrisa Sharlotta Arnoudga nisbatan jinsiy tajovuz sodir etishda ayblanib, sud qilinadi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Foto: BF MTV

Arnoudning aytishicha, voqealar Parijdagi aktyorning uyida ikki marta yuz bergan. 76 yoshli Depardye barcha ayblovlarni rad etmoqda. Ish dastlab yopilgan bo‘lsa-da, 2020-yilda qayta ochilgan va 2022-yilda prokuratura uni sudga oshirishni so‘ragan. Parij prokuraturasi sudya ishni ko‘rib chiqish uchun yuborganini tasdiqladi.

29 yoshli Arnoud sobiq balerina bo‘lib, teatr va ovoz aktyorligi bilan tanilgan. U shu yil may oyida sud zalida ishtirok etib, Depardye boshqa ikki ayolga nisbatan jinsiy tajovuz qilgani uchun 18 oy shartli qamoq jazosi olganiga guvoh bo‘lgan.

Foto: X

Arnoud hozirda Fransiyadagi #MeToo harakatining faol ishtirokchisiga aylangan bo‘lib, jinsiy zo‘ravonlik qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash va kino sanoatida javobgarlik talab qilish bilan shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya prezidenti va uning rafiqasi AQShda jurnalistga qarshi tuhmat bo‘yicha da’vo arizasi topshirgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek