OIIB Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yo‘llarni ta’mirlash uchun 173,4 mln dollar ajratadi

eʼlon qilindi
Loyihaning birinchi bosqichi Xorazm viloyatida amalga oshiriladi
ремонт дорог
Foto: Unsplash

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalari banki (OIIB) Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida yo‘llarni modernizatsiya qilish uchun $173,4 million ajratishni ma’qulladi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan’ga moliya institutining matbuot xizmati xabar berdi.

«Ajratilgan mablag‘lar O‘zbekiston hukumatining g‘arbiy hududlarda transport aloqadorligini, xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va iqlimga bardoshlilikni oshirish bo‘yicha strategiyasini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi», — deyiladi bank izohida.

Loyihaning birinchi bosqichida Xorazm viloyatidagi yo‘l uchastkalari ta’mirlanadi. Hududdagi to‘qqizta tumanda jami 188 kilometr yo‘llarni modernizatsiya qilinishi rejalashtirilgan. Qoraqalpog‘istonda esa 320 kilometrdan ortiq yo‘l ta’mirdan o‘tkaziladi.

Moliya instituti ma’lumotiga ko‘ra, loyiha amalga oshirilishi ushbu hudud aholisining tibbiy va ta’lim xizmatlariga kirish imkoniyatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Umuman olganda, yo‘l infratuzilmasini yangilash 3,8 milliondan ortiq o‘zbekistonlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ukus – Chimboy – Taxtako‘pir yo‘lini ta’mirlashga 15 milliard so‘m ajratilgani haqida yozgandi.

Shuningdek