O‘zbekistonda eng ko‘p uzum Surxondaryoda yetishtirilmoqda

eʼlon qilindi
Yarim yilda 15,6 ming tonna
O‘zbekistondagi eng ko‘p uzum Surxondaryoda yetishtirilmoqda. Foto: stat.uz

2025-yil yanvar – iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 56,3 ming tonna uzum yetishtirilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Unga ko’ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,8 foizga o‘sgan. Hududlar kesimida yetishtirilgan uzum hajmi quyidagicha:

2024-yilning yanvar – iyun oylarida respublikamizdagi fermer xoʻjaliklari tomonidan 27,6 ming tonna uzum yetishtirilgan.

Bundan avval Kursiv nashri Oʻzbekistonda tarvuz narxi keskin oshgani haqida yozgandi.

Bozor segmentida eng katta o‘sish tarvuz narxida qayd etildi – oy davomida u 28,7 foizga qimmatlashdi. Qovun (11,7 foiz), karam (11,4 foiz) va kartoshka (3,5 foiz) ham ko‘tarildi. Banan narxi ham 2,8 foizga oshdi.

Biroq bir qator mahsulotlarda pasayish kuzatildi. Pomidor narxi 16,8 foiz, uzum 5,4 foiz, baqlajon 4,3 foiz, bodring va sabzi har biri 3,1 foiz, piyoz esa 2,3 foizga arzonlashdi.

Shuningdek