O‘zbekistonda oilaviy korxonalar soni 37,8 mingdan oshdi

eʼlon qilindi
Tarmoqlar kesimida eng katta ulush savdo sohasida
O‘zbekistonda oilaviy korxonalar soni 37,8 mingdan oshdi / Foto: Xorazmstat

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-avgust holatiga respublikada 37 816 ta oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich yil boshidan buyon 1 551 taga ko‘paygan.

Tarmoqlar kesimida eng katta ulush savdo sohasiga to‘g‘ri kelmoqda – 15 125 ta korxona yoki jami korxonalarning 40 foizi. Shuningdek, sanoatda 8 565 ta, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 7 244 ta, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 2 596 ta oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda.

SohaKorxonalar soni
Savdo sohasida15 125 ta
Sanoat sohasida8 565 ta
Yashash va ovqatlanish xizmatlari7 244 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi2 596 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar652 ta
Tashish va saqlash339 ta
Qurilish299 ta
Axborot va aloqa244 ta
Boshqa sohalar2 752 ta
Jami37 816 ta

Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda – 652 ta, tashish va saqlashda – 339 ta, qurilishda – 299 ta, axborot va aloqada – 244 ta hamda boshqa sohalarda 2 752 ta korxona mavjud.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq barcha mahalliy mehmonxonalar va oilaviy mehmon uylari har bir turist uchun kuniga 62 ming so‘mgacha bo‘lgan turist yig‘imidan ozod etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek