Paulu Bentu O‘zbekiston futbol terma jamoasini boshqarmaydi

Portugaliyalik murabbiy Paulu Bentu O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarish taklifini rad etdi. Futbol federatsiyasi mutaxassisga 2026-yilgi jahon chempionati debyutiga tayyorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan shartnoma taqdim etgan edi.
A Bola nashrining yozishicha, Bentu taklifni rad etishiga sabab – o‘zbek tomonining shartlari uning ushbu bosqichdagi karyera rejalari va kutganlariga mos kelmaganidir.
62 yoshli mutaxassis 2025-yil mart oyida BAA terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etganidan beri klubsiz hisoblanadi. Uning qo‘l ostida jamoa jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini saqlab qolgan bo‘lsa-da, shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan.
Bentu avvalroq Portugaliya va Janubiy Koreya terma jamoalarini boshqargan bo‘lib, ular bilan jahon va Yevropa chempionatlari final bosqichiga chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyalik tajribali murabbiy Fotih Terim Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyiga aylanishi mumkinligi haqida yozgan edik.