Prezident Pekindagi harbiy paradda ishtirok etdi — foto

eʼlon qilindi
Rafiqasi bilan birga
Prezident Pekindagi harbiy paradda ishtirok etdi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev 3-sentabr kuni Pekinda bo‘lib o‘tgan Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali harbiy paradda qatnashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Marosimda Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Vetnam, Misr kabi yigirmadan ortiq davlat rahbarlari ham ishtirok etdi. Xitoy raisi Si Szinpin o‘z nutqida tinchlikni saqlash va adolatni ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

Foto: President.uz

Paradda Xitoy xalq ozodlik armiyasining 45 ta bo‘linmasi va mudofaa sanoatining so‘nggi harbiy texnikalari namoyish qilindi.

Foto: President.uz

Mirziyoyevning bu tadbirdagi ishtiroki O‘zbekistonning xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash hamda tinchlik va taraqqiyot yo‘lida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashqi siyosatining amaliy tasdig‘i bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pekinda Mirziyoyev va Putin uchrashgani haqida yozgan edik.

Shuningdek