Realme 2026-yilda 10 000 mA/soatli smartfon chiqarmoqchi

3-sentabr 2025 17:38 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Realme
Realme 2026-yilda 10 000 mA·soatli smartfon chiqarmoqchi / Foto: Realme

Realme kompaniyasi 2026-yil boshida 10 000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega smartfonni taqdim etadi. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Cheyz Syuy ma’lum qildi.

Avvalroq Realme 2025-yilda 7500 mA/soatli smartfon chiqarishni rejalashtirgan edi. Endi esa yarim yildan so‘ng seriyali ravishda 10 000 mA·soatli flagman bozorga chiqishi kutilmoqda.

Kompaniya bu qaror bilan foydalanuvchilarni quvvat yetishmovchiligi muammosidan butunlay halos qilishni maqsad qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 240 dollarlik 7000 mA/soat batareyaga ega Realme 15T taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Asosiy e’tibor 7000 mA·soat sig‘imli batareyaga qaratilgan. Kompaniya vakillari uni bunday quvvatga ega eng yengil smartfon sifatida ta’riflamoqda. Qurilma 60 Vt tezkor zaryadlash va 6 Vt quvvatda teskari zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfon 6,57 dyuymli AMOLED displey bilan jihozlangan. Uning imkoniyati 2372×1080 piksel, yangilanish chastotasi esa 120 Hz. Ekran yorqinligi 4000 nitga yetadi, PWM chastotasi 2160 Hzga teng.

Shuningdek