Rossiya ilmiy texnikasi Xitoyning “Chang’e-7” apparatida Oyga yuboriladi

eʼlon qilindi
Oy changini monitoring qilish uchun
Rossiya ilmiy texnikasi Xitoyning «Chang’e-7» apparatida Oyga yuboriladi / Foto: NGK

«Roskosmos» va Xitoy milliy kosmik boshqarmasi «Chang’e-7» missiyasi doirasida Oy changini monitoring qilishga mo‘ljallangan Rossiya ilmiy qurilmasini Xitoy apparatiga integratsiya qilish bo‘yicha memorandum imzoladi. Bu haqda Interfaks ma’lum qildi.

Ushbu hujjat Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Xitoyga rasmiy tashrifi chog‘ida tasdiqlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Chang’e-7» missiyasi 2026-yilda uchirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, 2029-yilda amalga oshiriladigan «Chang’e-8» dasturida ham Rossiya ilmiy asboblari ishtirok etishi belgilangan.

Rossiya va Xitoy 2021-yilda qo‘shma Oy bazasi qurilishi bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni taqdim etgan. Rejaga ko‘ra, tomonlar Oy orbitasi va yuzasiga qo‘shma missiyalar orqali modullar joylashtiradi. Bundan tashqari, 2033–2035-yillarda Oyga yadro energetik qurilma olib chiqish ham ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy «Yer–Oy» tizimi uchun sinovlarni muvaffaqiyatli yakunlagani haqida yozgan edik.

Shuningdek