
1-sentabr kuni Saida Mirziyoyeva taniqli tenor Andrea Bochellining konsert dasturida qatnashdi. Bu haqda o‘z Telegram kanalida xabar berdi.

«Taniqli tenor Andrea Bochellining 1-sentabr kuni Registon maydonida bo‘lib o‘tgan konserti bunga yana bir isbot bo‘ldi. San’atkorning betakror ovozi O‘zbekiston Milliy simfonik orkestri jo‘rligida maydon uzra jarangladi.
Tadbirning UNESCO shafeligida o‘tkazilgani uning dunyo madaniyatidagi o‘rni nechog‘li ahamiyatli ekanini ko‘rsatdi», deya izoh qoldirgan Mirziyoyeva.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi yakunlangani haqida yozgandi.