Samsung Galaxy Z Fold7 smartfonida muammolar yuzaga keldi

3-sentabr 2025 09:41 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy Z Fold7 smartfoni
Samsung Galaxy Z Fold7 smartfonida muammolar yuzaga keldi / Foto: Phone Arena

Samsung Galaxy Z Fold7 smartfoni Janubiy Koreya, Hindiston, AQSh va Yevropadagi sotuvlarda ommabop bo‘lsa-da, foydalanuvchilar qurilma sifatidan norozi bo‘lishmoqda. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda korpusdagi bo‘yoq ajrala boshlagani haqida shikoyatlar ko‘paydi. Reddit’dagi postlarda telefonni ehtiyotkorlik bilan ishlatganlar ham shu muammoga duch kelgani aytilmoqda. O‘tgan yili Fold6’da ham shunday nosozlik kuzatilgan edi. Samsung o‘shanda sababni uchinchi tomon zaryadlovchilarida ko‘rsatgan, biroq bu safar hatto original zaryadlovchi ishlatilganida ham muammo qayd etilmoqda.

Ba’zi foydalanuvchilar allaqachon servis markazlariga murojaat qilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 215 dollarlik Samsung Galaxy A17 5G taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek