Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi yakunlandi

eʼlon qilindi
Uni Xitoy rasmiylari kuzatib qo‘ydi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga rasmiy tashrifi tadbirlarga boy kun tartibi bilan yakunlandi.

31-avgust kuni davlat rahbari Tyanjinda o‘tkazilgan ShhT sammiti doirasidagi norasmiy tadbirlarda qatnashdi. 1-sentabr kuni esa ShhT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi va «ShhT+» formatidagi uchrashuvda ishtirok etdi.

Prezident Mirziyoyev o‘z chiqishida tashkilot faoliyatini takomillashtirish va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi.

2-sentabr kuni Pekinda prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Raisi Si Szinpin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi va o‘nlab hujjatlar imzolandi.

Shuningdek, prezident Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Shu kuni Xitoy Bosh vaziri Li Syan va boshqa mamlakatlardan kelgan delegatsiyalar rahbarlari bilan ham samarali muloqotlar bo‘ldi.

3-sentabr kuni prezident Pekinda Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali harbiy paradga tashrif buyurdi.

Rasmiy uchrashuvlar yakunlangach prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytdi. Uni Xitoy rasmiylari kuzatib qo‘ydi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident Pekindagi harbiy paradda ishtirok etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek