Suv hisoblagich o‘rnatilmagan yerosti suv inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi

eʼlon qilindi
Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi
Suv hisoblagich o‘rnatilmagan yerosti suv inshootlaridan foydalanish taqiqlanadi. Foto: burlida.by

Hukumat qarori bilan «Yerosti suv olish inshootlarini suv hisoblash vositalari bilan jihozlashni ro‘yxatga olish va muhrlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish»ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga ko‘ra, ushbu davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladi.

Shuningdek, yerosti suv olish inshootlaridan olinayotgan suv hisobini yuritish uchun faqat O‘zbekistonda o‘lchash vositalari davlat reyestriga kiritilgan turdagi suv hisoblash vositalarini o‘rnatishga ruxsat etiladi.

Suv hisoblash vositalari nasosli quduqlarda suv chiqishini boshqarish qurilmasidan oldin, favvorali quduqlar va buloqlarda esa boshqarish qurilmasidan keyin o‘rnatilishi lozim.

Bundan tashqari, davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Hududiy gidrogeologiya stansiyalari va tuman (shahar) soliq inspeksiyalari so‘rovnoma yuborilgach, 10 kun ichida yerosti suv olish inshootlarida o‘rnatilgan suv hisoblash vositalarini ro‘yxatga oladi va muhrlaydi.

Bundan avval O‘zbekistonda suv xo‘jaligi balanslarini tuzish tartibi belgilangandi.

Unga ko‘ra, suv xo‘jaligi balanslari quyidagi turlarga ajratiladi:

  • daryolar havzalari suv xo‘jaligi balanslari;
  • irrigatsiya tizimlari havzalari suv xo‘jaligi balanslari;
  • iqtisodiy hududlar suv xo‘jaligi balanslari;
  • respublikaning yagona suv xo‘jaligi balansi.

Bundan tashqari, balanslarda mavjud suv resurslari, suvga bo‘lgan talab, taqsimot, resurslarning yetishmasligi yoki ortiqchaligi haqida ma’lumotlar aks etadi. Shuningdek, suv xo‘jaligi balanslari elektron shaklda yuritilib, maxsus ma’lumotlar bazasi shakllantirib boriladi.

Shuningdek