Tecno Pova Slim va Spark Slim smartfonlari taqdim etildi

3-sentabr 2025 12:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Foto: Tecno

Tecno kompaniyasi tomonidan yangi Tecno Pova Slim va Spark Slim smartfonlari taqdim etildi. Bu haqda GSMArena xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, qurilmalarning asosiy e’tiborga loyiq jihati korpusning atigi 5,75 mm qalinligidir. Ularda 5160 mA/soat sig‘imli batareya joylashtirilgan. Har ikkala modelda 50 MP kamera va 144 Hz chastotali AMOLED displey bor. Ekranning yorqinligi 4500 nitgacha yetadi.

Foto: Tecno

Spark Slim MediaTek Helio G200 protsessorida, Pova Slim esa Dimensity 6400 chipsetida ishlaydi. Smartfonlar 45 Vt tezkor va 10 Vt teskari quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, IP64 himoyaga ega. U Android 15 operatsion tizimida ishlaydi.

Narxlar 4-sentabr kuni e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Tecno POVA 7 Ultra haqida yozgan edi.

Shuningdek