Tesla Model YL avtomobili Xitoy bozorida savdoga chiqdi

3-sentabr 2025 12:52 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Tesla Model YL
Tesla Model YL Xitoy bozorida savdoga chiqdi / Foto: Tesla

Tesla kompaniyasi 2-sentabrdan Xitoyda yangi Tesla Model YL elektromobilini yetkazib berishni boshladi. Mashina narxi 339 ming yuan (taxminan $47,5 ming) etib belgilangan.

Model YL oltita o‘rindiqqa ega, 0 dan 100 km/soatgacha 4,5 soniyada tezlanadi va CLTC sikliga ko‘ra 751 km masofa bosib o‘tadi. U to‘liq uzatma, bosqichsiz sozlanadigan amortizatorlar va 3040 mm g‘ildirak bazasi bilan jihozlangan.

Salonida old ikki qator uchun ventilyatsiya, ikkinchi va uchinchi qatorlarda mustaqil elektr sozlamalar va isitish funksiyasi mavjud. Yukxona hajmi 2539 litrga teng, audio tizimida esa 18 ta dinamika va bufer bor.

Xaridorlarga uch yillik foizsiz kredit yoki besh yillik past foizli to‘lov rejalari taklif etiladi. Shuningdek, bonuslar va uchta maxsus quvvatlash tarifi ham taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Tesla Red Rocket avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek